Neymar JCHning ikkinchi o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Gaitiga qarshi Jahon chempionati uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

“Santos” klubi futbolchisi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi dastlabki o‘yinda ham maydonga tushmagan edi. O‘sha bahsda Braziliya terma jamoasi Marokash bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.

34 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanish jarayonini tezlashtirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, u hali to‘liq tayyor holatga kelmagan. Shu sababli Neymar “D” guruhidan o‘rin olgan Gaitiga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Kecha, 18 iyun kuni Braziliya futbol konfederatsiyasi Neymar jamoa bilan birga Filadelfiyaga yo‘l olmasligini tasdiqladi. Futbolchi Nyu-Jersida qolib, Kolumbiya Park o‘quv markazida individual mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Braziliya va Gaiti terma jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga, 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Jahon chempionati Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing