Neymar jarohatidan qutulishga jiddiy e’tibor qaratdi
Sport
−
08 may 2025 4948 1 daqiqa
33 yoshli Neymar Santos klubi bazasida kuniga 11 soatgacha shug‘ullanmoqda. Bu haqda UOL xabar berdi.
U haftada bir necha kun ikki mashg‘ulot qilmoqda. Qayta tiklash jarayoni yaxshi ketmoqda.
Futbolchi shifokorlar tavsiyasiga amal qilmoqda va may oyi oxiri yoki iyun oyi boshida maydonga qaytishi kutilmoqda. “Santos” tibbiyot xodimlarining aytishicha, Neymar hech qachon bunchalik ko‘p mashq qilmagan.
“Santos” hujumchisi 17 aprel kuni Braziliya chempionati doirasida “Atletiko Mineyro”ga qarshi o‘yinda (2:0) chap sonini jarohatlagan va 34-daqiqada almashtirilgandi.
Hujumchining Braziliya klubi bilan shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi. Qayd etilishicha, tomonlar yaqin kunlarda shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025