Neymar jarohat sabab Amerika kubogini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
06 iyun 2019
2985Kecha, 5 iyun kuni Braziliya terma jamoasi va Qatar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Bahsda janubiy amerikaliklar osiyolik raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ammo uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq Braziliya terma jamoasi yulduzi jiddiy jarohat olganligi ma’lum bo‘ldi.
Qatarlik futbolchi o‘yinning 6-daqiqasida Neymarning oyog‘iga tepib to‘xtatdi. Shundan so‘ng ham forvard o‘yinni davom ettirishga harakat qildi ammo oyoqdagi og‘riq sabab o‘z o‘rnini Risharlisonga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. Etiborlisi zahiradan maydonga tushgan Risharlison 16-daqiqada biraziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Birozdan so‘ng, 24-daqiqada Gabriel Jezus oradagi farqni ikkitaga yetkazdi va shu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi.
O‘yindan so‘ng, terma jamoa shifokorlari tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan Neymar jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Xulosalarga ko‘ra, u Amerika kubogini aniq o‘tkazib yuboradi. Jarohatni davolashga ketuvchi vaqt uzoq muddatni olishi inobatga olinsa, hujumchi keyingi mavsum avvalida ham maydonga qaytmasligi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Neymar bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
LiveBarchasi