Neymar yozda Yevropaga qaytmoqchi
Sport
−
14 fevral 5182 1 daqiqa
“Santos” hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida Yevropa klublaridan biriga qaytmoqchi. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Yevropaga qaytib, yana dunyoning eng yaxshi ligalarida o‘ynamoqchi, ammo buning uchun top-klublarni unga yaxshi maosh to‘lashga ko‘ndirish kerak. Barcha mumkin bo‘lgan takliflar orasida u ikkilanmasdan qabul qiladigan taklif bor – “Barselona”.
Qayd etilishicha, Neymar professional faoliyatini qayta boshlash uchun “Santos”ga o‘tgan. U yerda u yana bir bor o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatishga urinib ko‘radi, unchalik talabchan bo‘lmagan chempionatda, ya’ni Braziliya ligasida “Santos”ning sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 yil o‘tib Neymar “Santos” asosiy tarkibida maydonga tushgani xabar qilingandi.
9 fevral kuni Braziliya Paulista ligasining 8-tur uchrashuvida "Novorizontino" hamda "Santos" jamoalari to‘qnash keldi va hamma uchrashuvni "Santos"ning asosiy tarkibida boshlagan Neymarning o‘yiniga guvoh bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr