Neymar Yevropaga qaytmaydigan bo‘ldi

Sport

image

Braziliyaning “Santos” klubi Neymar bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi. Hujumchining yangi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Neymarning “Santos”ga qaytganidan buyon tomonlar imzolagan uchinchi kelishuvidir. Avvalroq, 2025 yilda har biri olti oylik bo‘lgan ikkita qisqa muddatli shartnoma tuzilgan edi. Endi esa tomonlar 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan uzoqroq hamkorlikka kelishib oldi. Mazkur muddat klub prezidenti Marselo Teysheyraning amaldagi vakolat muddati yakuniga to‘g‘ri keladi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Neymarning hozirgi maoshi “Santos”dagi to‘rt yoki besh nafar oddiy futbolchining umumiy maoshiga teng. Mehnat shartnomasidan tashqari, klub futbolchining ota-onasiga tegishli bo‘lgan NR Sports kompaniyasi bilan alohida imij huquqlari bo‘yicha ham shartnomaga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Neymar mavsum yakunlangandan so‘ng, medial meniskus yirtilishi sababli operatsiya qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar shartnoma “Santos”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing