Neymar – Yevropadagi eng yaxshi braziliyalik futbolchi
Sport
−
02 fevral 2022 3653 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Neymar 2021 yilning Yevropada o‘ynagan eng yaxshi braziliyalik futbolchisi, deb topildi va “Samba Gold” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda 29 yoshli futbolchini o‘zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilda “Barselona”dan 222 million yevro evaziga PSJga o‘tgan edi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. “Tranfermarkt” portali futbolchining narxini 90 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.