Neymar yana jarohat oldi
Sport
−
05 noyabr
1788“Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymar Osiyo Chempionlar ligasi doirasida o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan Eronning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Futbolchi 57-daqiqada maydonga tushdi, ammo 86-daqiqada almashtirildi. Epizodlardan braziliyalik futbolchi tezlikda harakatlanib, birdan sekinlashib qoldi va oyog‘ida og‘riq his qildi.
“Men kuchli og‘riqni sezdim. Endi men tekshiruvdan o‘taman va bu jiddiy muammo emas deb umid qilaman. Shifokorlar meni ogohlantirdi. Men ehtiyotkor bo‘lishim va ko‘proq o‘ynashim kerak”, deydi Neymar.
Qayd etish joiz, 32 yoshli futbolchi oktyabr oyida bir yillik jarohatidan qutulib, safga qaytgandi. Neymar 2023 yil oktyabr oyida Urugvayga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida tizzasidan jarohat olgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr