Neymar to‘p tepadigan klub jahon rekordini o‘rnatdi
Sport
−
13 mart
2926Kecha, 12 mart kuni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Al-Ittihod”ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) 1/4 final javob o‘yinida maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Shu tariqa, Neymar jamoadoshlari ketma-ket 28 ta g‘alabaga erishib, yangi jahon rekordchisiga aylandi. Jamoa bu davrda 81 ta gol urdi va 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Avvalgi rekordni 2016 yilda Uelsning “Nyu-Seyts” klubi o‘rnatgan. Klub 27 o‘yinli g‘alabali seriya qayd etgan. Uels klubigacha 44 yil davomida Niderlandiyaning “Ayaks” klubi rekordini hech qaysi jamoa yangilay olmagan. Amsterdamliklar ketma-ket 26 ta o‘yinda g‘alabaga erishgan.