Neymar shaxsiy kemasida kazino tashkil qildi
Sport
−
27 dekabr 2023 5438 1 daqiqa
“Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymar 27 dekabr kuni o‘z laynerida Braziliya suvlari bo‘ylab uch kunlik kruiz uchun Rio-de-Janeyrodan jo‘nab ketdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi kema bortida qimor o‘yinlari tashkil qilgan. Neymar, do‘stlari va xodimlardan tashqari, taxminan 3500 kishi kruizga chiqqan.
O‘yinchi layneriga istalgan odam tushishi mumkin bo‘lgan. Bitta chipta narxi ming yevrodan 6 ming yevrogacha bo‘lgan summani tashkil qilgan.
Qayd etish joiz, Neymar noyabr oyi boshida terma jamoa safida jiddiy jarohat olib, 10 oyga safdan chiqqandi.