Neymar “PSJ” bilan shartnomasini necha yilga uzaytirdi? 

Sport

image

"PSJ" futbolchisi Neymar klub bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira Twitter'dagi sahifasida e’lon qilgan.  

Qayd etilishicha, parijliklar yaqin vaqt ichida kelishuv uzaytirilgani haqida xabar beradi. 

Braziliyalikning maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil qiladi. 

Neymar "PSJ"ga 222 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. 

Bu mavsumda hujumchi Fransiya chempionatining 13 ta uchrashuvida qatnashib, oltita gol urdi va uchta golli pas bergan. 

Hozirgi Chempionlar Ligasida Neymar yettita uchrashuvda qatnashib, oltita gol urgan va ikkita golli uzatma bergan. 

U "gol+pas" tizimi bo‘yicha turnirning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Forvardning parijliklar bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing