Neymar Peleni ortda qoldirdi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralash turnirining 1-turi doirasidagi uchrashuvda Boliviya terma jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Neymar o‘yinning 61 va 90+3 daqiqasida gol urdi. Shuning bilan futbolchining terma jamoadagi gollari soni 79 taga yetdi.

Endilikda braziliyalik hujumchi o‘z mamlakati to‘purarlari ro‘yxatida futbol afsonasi Peledan o‘zib ketdi. Pele hisobida 77 ta gol bor edi.

Shuningdek, Braziliya – Boliviya uchrashuvi davomida Rodrigo dubl qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Neymar shu yozda PSJni tark etib, “Al-Hilol”ga o‘tgandi. U Saudiya klubi bilan 2 yillik shartnomaga ega. 2 yil davomida braziliyalik futbolchi yangi klubida tijoriy shartnomalardan tashqari 200 million yevroga yaqin mablag‘ ishlab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing