Neymar “Oltin to‘p”ni yutmagani noto‘g‘ri – Aurelio
Sport
−
15 aprel 2022
3367“Liverpul”ning sobiq himoyachisi braziliyalik Fabio Aurelio hamyurti Neymar Juniorning “Oltin to‘p”ni haligacha qo‘lga kiritmagani noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bu haqda Aurelioning so‘zlariga tayanib, “Goal” nashri xabar berdi.
“Neymarning “Oltin to‘p”ni hech qachon qo‘lga kiritmagani noto‘g‘ri. Buning uchun unda barcha sharoit bor, lekin nima bo‘lganini bilmayman. Balki u uchun o‘yindan ko‘ra ba’zi boshqa narsalar muhimroqdir, bilmadim. Ko‘ryapsizmi, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, ular 10-15 yil davomida yuqori darajada futbol o‘ynashdi va biz ularning maydondan tashqaridagi muammolar haqida hech qachon eshitmaganmiz. Lekin Neymar har doim maydondan tashqarida qandaydir ishlar bilan shug‘ullanadi” degan braziliyalik sobiq himoyachi.
Aurelioning qo‘shimcha qilishicha, Neymar diqqatini faqat futbolga qaratmasa, vaqt uni mag‘lub qilishi mumkin.
“U ortiqcha narsalardan uzoqlashishi kerak, chunki u ajoyib ishlarga qodir. Agar, Neymar tezlik bilan o‘zini yig‘ishtirib, diqqatini faqat futbolga qaratmasa, vaqt uni mag‘lub qilishi mumkin. Axir endi u yosh bola emas va allaqachon 30 yoshni qarshilab bo‘ldi. U hali ham biz bilgan o‘sha Neymar va u hech kim kutmagan ishlarni qilishga qodir. Ammo hozir ko‘ryapmizki, Neymar avvalgidek sog‘lom va kuchli emas”, degan Fabio.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Neymar PSJ safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 golli uzatma
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi