Neymar “Oltin samba” mukofotini qo‘lga kiritdi

Sport

image

PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar Junior “Oltin samba” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daily Star” xabar berdi.

Ushbu sovrin Braziliyadan boshqa mamlakatda yaxshi mavsum o‘tkazgan futbolchiga beriladi. 

6 fevral, dushanba kuni Neymar Twitter'da mukofotni qo‘lida ushlab turgan suratini e’lon qildi. Aslida ovoz berish natijalari yakunlanadigan sana 15 fevraldan ikki hafta o‘tgach, e’lon qilinishi kerak edi.

PSJ hujumchisi ketma-ket uchinchi marta sovrinni qo‘lga kiritdi. Neymar butun faoliyati davomida 6 marta “Oltin samba” mukofotiga ega chiqdi va bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

2021 yilgacha “Oltin samba” Yevropada o‘ynagan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga topshirilar edi. 2021 yildan boshlab o‘z vatanidan tashqarida o‘ynagan barcha braziliyaliklar sovringa ega bo‘lishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing