Neymar qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi tibbiy direktori Rodrigo Lasmar qanot yarim himoyachisi Neymar mushak jarohatini olgani va taxminan uch hafta davomida maydonga qayta olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Lasmar ESPN’ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Shu sababli, futbolchi Braziliya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan Panama (31 may) va Misr (5 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinga qadar to‘liq tiklanmasligi ham mumkin.

“Neymar barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tdi va biz MRT tekshiruvini amalga oshirdik. Natijada ikkinchi darajali mushak jarohati aniqlandi. Futbolchi davolanishni davom ettirmoqda va uning ikki-uch hafta ichida sog‘ayishi kutilmoqda”, dedi Rodrigo Lasmar.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini joriy yilning 14 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya jarohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing