Neymar qancha muddat futboldan chetlashishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
01 noyabr 2023
4783“Al-Hilol”ning braziliyalik futbolchisi Neymar jarohati sabab 10 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi tez orada operatsiya qilinadi. Jarrohlik amaliyoti futbolchining iltimosiga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar tomonidan vatanida o‘tkaziladi. Futbolchi allaqachon operatsiya qilinishi kerak edi, biroq shifokorlar hamon “Al-Hilol” rahbariyatining yakuniy roziligini kutyapti.
Neymar JCH-2026 saralashida Urugvayga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat olgandi. 31 yoshli futbolchining tiklanishi kutilayotgan vaqt taxminan o‘n oyni tashkil qiladi.
Saudiya klubi amaliyotni Parijda o‘tkazmoqchi edi, biroq Neymar Lasmar uni operatsiya qilishini so‘radi. Lasmar 2018 yil va shu yilning bahorida ham futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatgandi.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik hujumchi “Al-Hilol” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Saudiya jamoasiga o‘tgan yozda PSJdan kelib qo‘shilgan edi.
LiveBarchasi