Neymar qachon maydonga qaytadi?

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar 2024 yilning iyul-avgust oylaridan mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Bu haqda Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar ma’lum qildi.

“Hali reabilitatsiyaning yarmini ham tugatmadik. To‘qqiz yoki o‘n oylik fizioterapiya muolajalarini tugatganimizdan keyingina uning maydonga qaytishini to‘liq tasdiqlash mumkin bo‘ladi”, deydi Lasmar.

Qayd etish joiz, 32 yoshli futbolchi o‘tgan yilning 18 oktyabr kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida Braziliya terma jamoasi Urugvay terma jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinda jarohat olgandi.

Joriy mavsumda Neymar barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing