Neymar internetda shovqin ko‘tardi
Sport
−
14 yanvar 2021
9407Kecha, 13 yanvar kuni PSJ Fransiya Supurkubogi uchun o‘tkazilgan final bahsida “Marsel” klubi ustidan 2:1 hisobida ustun keldi va superkubokni qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng, PSJ hujumchisi Neymar Twitter sahifasida o‘zining rasmini qo‘yib, raqib jamoa himoyachisi Alvaroga quyidagicha savol qoldirdi:
“Bu – qirol. Shunday emasmi, Alvaro?”
Bunga, o‘z navbatida, “Marsel” klubi markaziy himoyachisi Alvaro Neymarning boshini ushlab olgani aks etgan fotosuratni Twitter sahifasiga joylab, quyidagicha javob izohini qoldirgan:
“Ota-onam menga har doim axlatni olib chiqib, tashlash kerakligini o‘rgatgan”.
Mes parents m'ont toujours appris à sortir les poubelles. Allez L’OM toujours💙 pic.twitter.com/wmJGbHTByQ
— Álvaro González (@AlvaroGonzalez_) January 13, 2021
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining sentyabr oyida PSJ bilan “Marsel” (0:1) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Neymar Alvaroning boshiga zarba bergani uchun qizil kartochka olgandi. Oqibatda jamoalar o‘rtasida janjal kelib chiqib, hakam bir necha futbolchilarni maydondan chetlatgandi.