Neymar faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar klub bilan xayrlashgandan so‘ng faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.

31 yoshli braziliyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Nyukasl”qiziqish bildiryapti. Jamoalarning vakillari transfer masalasini muhokama qilish uchun futbolchining agentlariga aloqaga chiqqani aytilmoqda.

Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarga Saudiya klublaridan biri 400 million yevrolik taklif bilan chiqqani, biroq braziliyalik futbolchi rad javobini bergani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing