Neymar burchak zarbasidan gol urdi (video)
Sport
−
24 fevral 2025 9159 1 daqiqa
“Santos”ning braziliyalik hujumchisi Neymar burchakdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘p kiritib, gol urdi.
33 yoshli futbolchi Paulista chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi o‘yinning 27-daqiqasida gol urdi. Uchrashuv “Santos”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, Neymar ham ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Neymar professional futbolchilik faoliyati davomida “Santos”, “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol” klublarida o‘ynagan. 33 yoshli vinger Braziliya terma jamoasi safida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urgan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr