Neymar Braziliyada 1 million dollar jarimaga tortilishi mumkin
Sport
−
23 iyun 2023
3390PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarning Rio-de-Janeyrodan 130 kilometr uzoqlikdagi saroyi atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari ruxsatisiz qurilgani ma’lum bo‘ldi.
Rasmiylar “turli xil ekologik qoidabuzarliklar”, jumladan, suv yo‘lini burish kabi holatlarni aniqladi. Shuningdek, ular ruxsat etilmagan qazish ishlari, tuproq, tosh va qoyalarning harakatlanishi, sohil qumidan ruxsatsiz foydalanishni qayd etgan.
“Keyingi ishimiz aniqlangan qoidabuzarliklarni baholash va jarima solishdan iborat bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash summasi kamida 5 million realni (taxminan 1 million dollar) tashkil etadi”, deydi shahar hokimi.