Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi

Sport

image

“Santos” klubi hujumchisi va Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar  milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi. Bu haqda u “TV Globo”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Menimcha, Braziliya terma jamoasi bilan bo‘lgan hikoyam yakunlandi. Men unga bor kuchimni, butun qalbimni va butun hayotimni bag‘ishladim. Ammo endi buni davom ettirishni istamayman”, deydi Neymar.

Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. 34 yoshli Neymar turnir davomida faqat ikki uchrashuvda maydonga tushdi. U har ikki o‘yinda ham boldiridan olgan jarohatiga qaramay harakat qildi. Jahon chempionatidan so‘ng Neymar milliy jamoaga qaytmasligini yana bir bor ta’kidladi.

2026 yilgi Jahon chempionatigacha Neymar Braziliya terma jamoasi safida so‘nggi bor 2023 yil 18 oktyabr kuni maydonga tushgan edi.

U milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda ishtirok etib, 80 ta gol urgan va Braziliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida faoliyatini yakunladi. O‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha esa u 142 ta bahsda ishtirok etgan Kafudan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, 2012 yilgi Olimpiada va 2021 yilgi Amerika kubogi kumush medali sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida ham g‘olib chiqqan. Ayni paytda Neymar “Santos” klubi sharafini himoya qilmoqda. U faoliyati davomida “Barselona”, PSJ hamda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublarida ham to‘p surgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing