Neymar “Barselona”ni sudga berdi va yaxshigina pulga tushdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar o‘zining sobiq klubi – “Barselona”ga qarshi sud jarayonida mag‘lub bo‘ldi. Sud futbolchining jamoa u bilan shartnomani uzaytirish uchun belgilangan 43,6 million yevro to‘lash to‘g‘risidagi talabini qondirmadi. Buning o‘rniga futbolchi klubga 6,7 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Neymar “Barselona”da 2013 yildan 2017 yilgacha to‘p surgan. Shundan so‘ng “PSJ”ga o‘tgan. Kataloniya klubini tark etishdan bir yil oldin, futbolchi shartnomani uzaytirgan edi, ammo Parij jamoasiga o‘tish sababli yangi shartnoma tuzgani uchun bonus olmadi.

Braziliyalik “PSJ”ga o‘tganiga qaramay, kataloniyaliklar unga bonus to‘lashlari kerak edi va shu sababli “Barselona”ni sudga berishga qaror qildi.

"Barselona Xalq sudi bugun e’lon qilgan hukmdan mamnunmiz. Futbolchining vakili qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega, shuning uchun klub o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davom etadi", deyiladi "Barselona" bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar

Baholaganlar

407

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing