Neymar “Barselona”ga qaytish uchun yon berishga tayyor

Sport

image

“Santos”ning braziliyalik hujumchisi Neymar “Barselona”ga qaytish uchun o‘z shartlaridan voz kechishga tayyor. Bu haqda COPE xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar”ga o‘tish uchun kam maoshga rozi bo‘ladi. Futbolchining bu qarori Kataloniya klubining moliyaviy cheklovlarini hisobga olgan holda transfer ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Ma’luot uchun, Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha “Barselona”da o‘ynagan. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 186 ta uchrashuvda qatnashib, 105 ta gol urdi va 76 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Qayd etish joiz, Neymar Santosga qaytganidan keyin Paulista chempionatida 7 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va assist muallifiga aylanishga ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing