Neymar “Al-Hilol”dan ketmoqchi
Sport
−
08 noyabr
2266“Al-Hilol” hujumchisi Neymar Saudiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Goal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi yanvarda jamoa bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Neymar anchadan buyon “Santos” klubiga o‘tish variantiga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi “Al-Hilol” safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi. U mavsumning aksariyat qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi. U yaqindagina jarohatidan qutulib safga qaytgandi, biroq Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Istiqlol”ga qarshi o‘yinda yana jarohat olib, 1 oydan ortiq muddat maydonga tushmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Neymar “Al-Hilol”ga 2023 yilning avgustida kelib qo‘shilgandi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli hujumchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr