Nexia va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida Nexia va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari yosh bola bo‘lgan. Bu haqda Kasbi tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l transport hodisasi joriy yilning 8 may kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Toshqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi 4r-92 “Qarshi-Talliqo‘rg‘on-Kasbi-Jeynov” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida sodir bo‘lgan.


 
Qayd etilishicha, harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, katta tezlikda kelayotgan “VAZ 21-01” avtomobili va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan katta tezlikda harakatlanayotgan Nexia avtomobili bir-biri bilan to‘qnashgan. Tungi soat 22:10 da sodir bo‘lgan ushbu avtohalokat bir yo‘la 7 kishining umriga yakun yasagan. Avtomobillar ichida bo‘lganlarning yana ikki nafari shifoxonada hayot uchun kurashmoqda.

Ma’lum qilinishicha, vafot etganlarning ikki nafari bolalar – biri 1 yoshli, yana biri esa 4 yoshli bo‘lgan. Qolganlari hali qirq yoshga ham yetmagan shaxslar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan o‘tgan A-373 yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-tranport hodisasida 2 oilaning 6 nafar a’zosi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing