“Kalmar o‘yini” seriali qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image
“Kalmar o‘yini”. Dunyoni “titratayotgan” serial ortida qanday g‘oya yashiringan? north_east

“Kalmar o‘yini”. Dunyoni “titratayotgan” serial ortida qanday g‘oya yashiringan?

Amerikaning Netflix kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, uning so‘nggi mega-xiti hisoblanmish “Kalmar o‘yini” 900 million dollarga yaqin daromad keltirgan. 

“Bloomberg” nashrining qayd etishicha, Janubiy Koreya seriali kompaniyaga birinchi oyda 891,1 million dollar daromad keltirgan. Shu vaqtga qadar serialni Netflix platformasi orqali 130 milliondan ortiq odam ko‘rgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, serialni ishlab chiqarish 21,4 million dollarga tushgan – har bir epizod uchun taxminan 2,4 million dollar. Shunday qilib, serial deyarli 42 marotaba o‘z xarajatini oqlagan. Bu raqamlar faqat birinchi mavsum uchun mo‘ljallangan.

Nashr statistikasiga ko‘ra, 80 mamlakatda 132 million odam “Kalmar o‘yini” premerasidan keyingi 23 kun ichida serialning dastlabki ikki daqiqasini tomosha qilgan. Bu tomoshabinlarning qariyb 89 foizi bir nechta epizodni, 66 foizi esa butun serialni ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1065

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing