Netanyaxu Twitter'dan Tramp bilan tushgan suratini o‘chirib tashladi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining Twitter'dagi sahifasidan AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bilan birga tushgan fotosuratini olib tashladi.

Ta’kidlanishicha, uzoq vaqt davomida Bosh vazirning akkauntida o‘zi va Trampning Oq uydagi uchrashuv paytida olingan surati joylanib turgan. 

Netanyaxu suratni olib tashlaganiga hech qanday izoh bermagan. 

Bugun, 12 yanvar kuni Netanyaxu sahifasiga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotgani aks etgan suratni joylagan. Suratga "Isroil fuqarolari, hayotga qaytish", deya izoh qoldirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Isroil rahbari 9 yanvar kuni koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining ikkinchi dozasini qabul qilgan.

Ma’lumot uchun, Twitter ma’muriyati “zo‘ravonlikni yanada qo‘zg‘atish xavfi tufayli” Trampning akkauntini bloklab qo‘ygandi. Shundan so‘ng, Trampning saylovoldi shtabi akkaunti ham bloklandi. 

Shuningdek, uning Facebook, Instagram, Twitch, Snapchat’dagi sahifalari ham bloklangandi. 

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Twitter

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing