Netanyaxu Trampning inauguratsiyasiga bormaydi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 20 yanvar kuni AQSHda o‘tkaziladigan Donald Trampning inauguratsiyasida qatnashmaydi. Bu haqda “Times of Israel” xabar berdi. 

“Netanyaxu avvalgi rejasidan voz kechdi va Trampning inauguratsiyasini o‘tkazib yuboradi”, deya yozadi gazeta Isroil Bosh vazirining yordamchisiga tayanib.

Nashr nima uchun Isroil Bosh vaziri o‘z rejalarini o‘zgartirishga va AQSHning yangi prezidentining inauguratsiya marosimini o‘tkazib yuborishga qaror qilganiga aniqlik kiritmagan. Ba’zi nashrlarning tahmin qilishicha, vazirning bunday qaroriga Xalqaro jinoiy sud chiqargan order asosida hibsga olinishi ehtimolidan qo‘rqish sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yaqinda prostata bezini olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilinganiga qaramay, Netanyaxu dastlab tantanaga borishni rejalashtirgan. Biroq manbalarning ta’kidlashicha, 31 dekabr kuni safar logistikasi bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tgan, unda samolyotning tranzit mamlakatlarda hibsga olish xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan marshrut bo‘ylab favqulodda qo‘nishi bilan bog‘liq ehtimoliy xavflar ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ham AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimida qatnashmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp inauguratsiya Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing