Netanyaxu iste’foga chiqqanidan bir oy o‘tib, Isroil Bosh vaziri qarorgohini tark etdi

Olam

image

Isroilning sobiq Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Balfur ko‘chasidagi Bosh vazirning rasmiy qarorgohini oilasi bilan tark etdi. Bu haqda “The Jerusalem Post” sobiq Bosh vazirning oilasiga yaqin manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Isroil ommaviy axborot vositalari qarorgoh yaqinida Netanyaxu oilasining ko‘chib o‘tishiga aloqador bo‘lgan yuk mashinalari va qora “Audi” rusumli avtomashinalarni payqashganini xabar qildi.

Shunday qilib, Netanyaxu iste’foga chiqqanidan deyarli bir oy o‘tgach, qarorgohni bo‘shatdi. Ketish Isroilning yangi Bosh vaziri Naftali Bennet bilan kelishuvda belgilangan muddatdan biroz kechroq sodir bo‘ldi. Shartnomaga muvofiq, Netanyaxu 10 iyul arafasida qarorgohni tark etishi kerak edi.

Isroilda joriy yilning iyun oyida Bennet boshchiligidagi yangi hukumat tasdiqlandi. Knesset a’zolarining qarori hokimiyatda 12 yildan ortiq vaqt davomida o‘tirgan “Netanyaxu epoxasi”ga chek qo‘ydi.

Koalitsiya kelishuvi doirasida Bennett ikki yil davomida Bosh vazir bo‘ladi, keyinchalik rotatsiya qoidalariga ko‘ra Yair Lapid (“Yesh Atid” partiyasi) bu lavozimni egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing