Netanyaxu G‘azoga zarba berishni buyurdi
Olam
−
29 Oktabr 8844 1 daqiqa
Kecha, 28 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu buyrug‘i bilan G‘azo sektoriga zarbalar berildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu buyruq joriy yilning 27 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga asirlikda halok bo‘lgan askarning jasadini topshirganidan keyin e’lon qilingan. Qayd etilishicha, qaytarilgan jasad garovga olingan shaxsga tegishli emas, unda Isroil tomonidan topilgan Ofir Tzarfatining jasadi bo‘lgan. Shundan so‘ng, Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga darhol kuchli zarbalar berishni buyurgan.
Shuningdek, HAMAS Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejasini buzgani uchun garovga olingan 13 isroillik askar jasadini qaytarishni keyinga qoldirishini aytgan.
“Isroil HAMAS tomonidan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzganiga nisbatan jim turmaydi. HAMAS garovdagilarning jasadini qaytarishga va’da berdi, biroq ular o‘z majburiyatlarini buzishmoqda. Biz buni kecha tunda ko‘rdik. Terror, yolg‘on va xiyonatga asoslangan bu tashkilotning mohiyatini yaxshi bilamiz”, deydi Isroil Bosh shtab Boshlig‘i Eyal Zamir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi (SAXAL) HAMAS guruhining o‘t ochishni to‘xtatish rejimini “qo‘pol ravishda buzganini” da’vo qilib, G‘azo sektoriga zarbalar bergan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi