Netanyaxu Eronga qarshi harbiy tahdidni kuchaytirishni taklif qildi

Olam

image

Ishonchli harbiy tahdid Eron kabi davlatlarni yadroviy qurol ishlab chiqarishdan saqlab qolishning yagona yo‘li. Bu fikrni kecha, 21 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Amerika-Isroil xavfsizlik konferensiyasida bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil bosh vaziri Iroq, Liviya va Suriya misollarini keltirib, ularning har biri yaqin o‘tmishda ommaviy qirg‘in qurollarini yaratishga harakat qilgani va har bir holatda bu urinishlar harbiy kuch bilan muvaffaqiyatli bostirilganini aytgan. Boshqa tomondan Shimoliy Koreya jiddiy qarshilikka duch kelmagani uchun yadro qurolini yaratishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan. 

“AQSHni Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga, keyin esa Tehronni muzokara stoliga o‘tkazishga Isroilning qat’iy harakatlari sabab bo‘lgan. Davlatlarni yadro qurolini yaratishdan to‘xtatgan yagona narsa – bu ishonchli harbiy tahdid yoki ishonchli harbiy harakatlar. Buni iqtisodiy sanksiyalar bilan birlashtirish mumkin, ammo bu yetarli emas. Yetarli bo‘lishi uchun ishonchli harbiy harakat kerak. Qanchalik uzoq kutsangiz, shunchalik qiyinlashadi. Biz juda uzoq kutdik”, degan Netanyaxu Eronga qarshi harbiy tahdidni kuchaytirishni taklif qilib.

Shuningdek, u kelajakda Isroil Eronga nisbatan ushbu yo‘nalishga amal qilishda davom etishini, Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishini bildirgan. Uning fikricha, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi nafaqat Isroil, balki Amerika va butun dunyo manfaatlariga to‘g‘ri keladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing