Netanyaxu Eron bilan urushni xohlamasligini iddao qildi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron xalqiga videomurojaat yozib, Isroil Eron bilan urushni xohlamasligini aytdi. Murojaat Bosh vazirning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Uning aytishicha, Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali “Xomanaiy rejimi” Isroildan ko‘ra ko‘proq Eron xalqidan qo‘rqadi. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, shu yilning 1 oktyabr kuni Isroilga qilingan raketa hujumi Eronga 2,3 milliard dollarga tushgan, keyingi ehtimoliy hujum esa Eron iqtisodiyotiga yanada ko‘proq zarar yetkazadi.

“Xomanaiy rejimi kundan kunga zaiflashmoqda, Isroil esa kuchayib bormoqda. Hozirgacha dunyo bizning kuchimizning bir qismini ko‘rgan. Bilaman, ko‘plaringiz bu urushni xohlamaysizlar. Men ham bu urushni xohlamayman. Isroil xalqi bu urushni xohlamaydi”, deydi Netanyaxu.

Biroq Isroil Bosh vaziri Isroilning G‘azo va Livanga qilayotgan hujumlari yoki Eron hududiga yo‘llagan raketa zarbalari davlat byudjetiga qanchaga tushayotgani haqida lom-mim demagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Isroil Eronning 1 oktyabrdagi hujumlariga javoban mamlakat hududidagi harbiy ob’ektlarga zarba bergan edi. Shundan so‘ng Eron yahudiy davlati tomonidan amalga oshirilgan hujumga javoban Iroq hududidan jiddiy zarba bermoqchiligi haqida xabar berildi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing