Netanyaxu Eron bilan kelishuvga erishish uchun 4 ta shartni aytdi
Olam
−
16 fevral 6941 1 daqiqa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan tuziladigan kelishuv Qo‘shma Shtatlar va butun dunyo xavfsizligini kafolatlaydigan qat’iy talablarga javob berishi kerakligini aytdi. Bu haqda Bosh vazir kecha, 15 fevral kuni Quddusdagi Prezidentlar konferensiyasidagi nutqida so‘z ochdi.
“Agar biz kelishuvga erishmoqchi bo‘lsak, u bir qator asosiy elementlarni o‘z ichiga olishi kerak – bizning fikrimizcha, bu elementlar nafaqat Isroil xavfsizligi, balki Qo‘shma Shtatlar, mintaqa va dunyo xavfsizligi uchun ham juda muhimdir”, deydi Netanyaxu.
Isroil Bosh vaziri birinchi shart sifatida Erondan barcha boyitilgan uranni olib chiqishni aytgan. Ikkinchi shartga ko‘ra, Eron boyitish uskunalari va infratuzilmasini to‘liq demontaj qilishi kerak. Uchinchisi – raketa dasturiga taalluqli: Tehron Raketa texnologiyalarini nazorat qilish rejimining 300 kilometrlik chegarasiga rioya qilishi kerak. To‘rtinchi shart – Eron jiddiy shikastlangan, ammo hali ham bor bo‘lgan “terror o‘qi” deb ataluvchi tuzilmasini tugatishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, Trampni Eronning nafaqat uranni boyitishini to‘xtatish, balki ballistik raketa dasturi hamda HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini cheklovchi keng qamrovli kelishuvga erishishga undagani haqida xabar berilgan edi.
Farangiz Sunnatova
Live
BarchasiShayxontohur tumanida xonadon yonmoqda
16 fevral