Netanyaxu Britaniyani “yadroviy qurolga ega birinchi islomiy respublika” deb atadi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Buyuk Britaniyani “yadroviy qurolga ega bo‘lgan birinchi islomiy respublika” deb atadi. Bu haqda “The Guardian“ xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanyaxu bu fikrlarni Isroil armiyasi radiosiga bergan podkast intervyusida bildirgan. U Britaniyada Isroilga nisbatan munosabat o‘zgarganini tanqid qilib, mamlakatni “islomiy respublika”ga aylanishda ayblagan.

Nashrga ko‘ra, Netanyaxuning bu bayonoti Britaniyada keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Britaniya rasman islomiy respublika hisoblanmaydi. Mamlakat yadroviy qurolga ega bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi, Pokiston esa rasmiy nomi “Pokiston Islom Respublikasi” bo‘lgan yagona yadroviy islom davlati hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Isroilning Erondan so‘ng dushmansiz yashay olmasligini aytib, mamlakat Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Turkiyani yangi dushman deb e’lon qilish harakatida ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing