Netanyaxu harbiy hukumatni tarqatib yubordi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy hukumatni tarqatib yubordi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

Keltirilishicha, Bosh vazir kecha, 16 iyun kuni xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida buni ommaga ma’lum qilgan. Manbaga ko‘ra, Netanyaxu mamlakatning muxolifat yetakchilaridan biri Benni Gans iste’foga chiqqanidan so‘ng ushbu qarorga kelgan. Ta’kidlanishicha, Gans iste’foga chiqishidan oldin ham harbiylar hukumati tarqatib yuborilishi, so‘ng uning o‘rniga Bosh vazir vazirlar bilan tor doirada uchrashuvlar o‘tkazishda davom etishi kutilgandi.

Isroil sobiq mudofaa vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Benni Gans  Vazirlar Mahkamasidan ketishini e’lon qilib, mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirdi. 

“Netanyaxuning qarori ortida bosimli bir sir bor. Harbiy idora urush boshlanganidan beri urushni boshqarish uchun eng samarali organ edi. U Netanyaxu va Gans o‘rtasidagi kelishuvning bir qismi bo‘lib, unda urushning taktik boshqaruvi kengaytirilgan Vazirlar Mahkamasida emas, balki shu forumda amalga oshirilishi belgilangan edi. Endi esa ba’zan 50 ga yaqin odam, jumladan, vazirlar, xavfsizlik idorasidan qo‘shimcha taklif qilinganlar va maslahatchilar yoki shtab boshliqlari o‘tiradigan kengaytirilgan Vazirlar Mahkamasidan farqli o‘laroq, qisqartirilgan harbiy idoradagi yig‘ilishlarni boshqarish ishtirokchilar sonining kamligi tufayli osonlashdi”, deya yozgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gans iste’foga chiqishini, ya’ni Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning harbiy idorasini tark etishini e’lon qilib, Bosh vazirni G‘azo sektori uchun urushdan keyingi strategiyani ishlab chiqish zaruratidan shaxsiy siyosiy manfaatlarini ustun qo‘yganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Netan'yahu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar