“Nest One” turar joy majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent city” Xalqaro ishbilarmonlik markazining “Nest One” turar joy majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida video va xabarlar tarqalgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, QALAMPIR.UZ voqea joyiga yetib bordi. 

Jurnalist Feruza Najmiddinovaga hududda faoliyat yuritayotgan ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’lum qilishicha, “Nest One”da yong‘in chiqmagan. Faqatgina binoning tom qismida yomg‘irdan saqlash uchun chaqich yoqilgan. 

Biroq, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan bayonot bizga hududda keltirilgan vajlarni butkul rad etmoqda. Unda qayd etilishicha, bugun, 5 may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Nest One” qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.  

Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv metr maydonda qurilish materiali yongan.  

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nest One

Baholaganlar

325

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar