Nest One quruvchilari zaharlandi
3-sahifa
−
20 yanvar 2023 10732 1 daqiqa
Toshkentdagi Nest One turar joy majmuasini qurish ishlari bilan shug‘ullanayotgan xorijiy kompaniyaning 9 nafar xodimi o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallandi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Quruvchilar oziq-ovqat tashkilotlaridan biri tomonidan ob’ektga yetkazib beriladigan mahsulotlarni iste’mol qilgan.
Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruvlari davomida holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangandi.
Live
Barchasi