Nepalda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
28 Sentabr
1164Nepalda kecha, 27 sentyabrdan beri davom etayotgan yomg‘ir suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lib, asosiy yo‘llarni yopib qo‘ygani va ichki havo qatnovini to‘xtatishi ortidan 66 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. Chunki, 27 sentyabr tongidan beri yana 69 kishi bedarak yo‘qolgan va 60 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati 4 million kishi istiqomat qiluvchi Katmandu vodiysida ekanligi xabar qilingan. Qutqaruvchilar vertolyotlar va rezina qayiqlar bilan tomlarda yoki baland joylarda qolib ketgan odamlarga yordam bergan. Chunki, Katmanduning ba’zi qismlarida oxirgi kun davomida 322,2 mm yomg‘ir yoqqan.
“Kuchli yomg‘ir yakshanba kuni ertalabgacha davom etishi mumkin va shundan keyin havo ochiq bo‘ladi. Aksariyat markaziy va sharqiy hududlarda 50 millimetrdan 200 millimetrgacha bo‘lgan o‘rtacha va juda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan”, deydi rasmiylar.
Qayd etilishicha, xalqaro reyslar amalga oshirilmoqda, biroq ko‘plab ichki reyslar to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Florida shtati sohillariga yopirilgan “Helen” dovuli tufayli kamida 40 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi