Nemis nashri Rossiyaning Ukrainaga “hujum rejasi”ni e’lon qildi

Olam

image

Germaniyaning “Bild” nashri kecha, 4 dekabr kuni Rossiya Ukrainaga hujum qilish uchun ssenariylar tayyorlab qo‘ygani haqida ma’lumotlarni tarqatdi.

Nashrga ko‘ra, birinchi ssenariyga ko‘ra, Rossiya bir vaqtda bir nechta frontdan Ukrainaga hujum boshlaydi. Ikkinchi ssenariy bosqichma-bosqich hujumni o‘z ichiga olgan. “Bild” bu hujum 2022 yil boshida amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.

Nashrning NATOdagi manbalariga tayanib, yozishicha, birinchi ssenariy bir vaqtning o‘zida Shimoliy Qrimdan va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari (DXR va LPR) orqali hujumni o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi ssenariy uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, “Qrimga ta’minotni kafolatlash, shuningdek, Ukrainani dengizdan uzib qo‘yish uchun” Ukraina janubiga hujum. Buning uchun Rossiya “tanklar va qo‘shinlarni Qrimdan Odessa viloyatiga o‘tkazishni” rejalashtirgani aytilgan. Ikkinchisi, aviatsiya va ballistik raketalar bilan “Ukrainaning harbiy salohiyatini zaiflashtirish” uchun shimoli-sharqga hujum. Uchinchisi, shimoldan Kiyevga qarshi hujum (“agar vaziyat talab qilsa, urush boshida sodir bo‘lishi mumkin”).

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Bild mualliflari Moskvaning Ukrainaga hujumi haqidagi NATO ma’lumoti sifatida fashistik Germaniya va Ukrainani dekommunitsaziya qilish davidagi xaritalardan foydalanganini aytib, nashr iddaolariga javob qaytardi.

Avvalroq AQSHning  "The Washington Post” va “The Associated Press” nashri Amerika razvedkasi 2022 yilda Rossiya Ukrainaga hujumga o‘tishni rejalashtirganini aniqlagani haqida xabar tarqatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

832

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing