Nemis klubi Rossiyaning gigant kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi

Sport

image

Germaniyaning "Shalke 04" klubi o‘z homiyi – Rossiyaning “Gazprom” transmilliy energetika kompaniyasi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Shalke 04” klubi direktorlar kengashi Kuzatuv kengashining roziligi bilan “Gazprom” bilan hamkorlikni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi. Ijroiya kengashi va Kuzatuv kengashi amaldagi bosh homiy vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z vaqtida e’lon qilinadi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, "Gazprom" 2007 yildan beri nemis jamoasiga homiylik qilib keladi. Bu hamkorlikning o‘rnatilishi tufayli "Gazprom" logotipi klub sport formasining old tomoniga joylashtirilgan edi. Biroq Rossiyaning Ukrainaga bosqini sabab “Shalke” o‘z formalaridan kompaniya logotipini olib tashlashga qaror qildi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing