Nega Shohasan Mirzamatov UFC'ga o‘tmayapti?

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, hozirda Octagon ligasida janglar o‘tkazayotgan Shohasan Mirzamatov nega haliyam MMA'dagi eng nufuzli liga UFC'ga o‘tmayotganiga izoh berdi.

“Hozir Octagon ligada chempion bo‘lib, hech bo‘lmasa bir marta himoya jangini o‘tkazishni rejalashtiryapman. Shundan keyin UFC'ga o‘tish masalasini o‘ylab ko‘ramiz. UFC bilan vaqtida muzokaralar olib borilgan, hozir ham ushbu tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha doimiy ish olib boryapmiz. To‘g‘risi, ayni vaqtda hujjatlar bo‘yicha ba’zi bir muammolar bor. Yilning oxiriga kelib UFC'ga qo‘shilishim bo‘yicha yangilik bo‘lsa kerak”, deydi Mirzamatov.

Ma’lumot uchun, Mirzamatov shu vaqtga qadar MMA'da 14 ta to‘qnashuvda qatnashib, 11 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 33 yoshli jangchi o‘zbekistonlik sportchi UFC jangchisi Mahmud Murodovga tegishli bo‘lgan Murodov Professional ligasining may oyida o‘tkaziladigan turnirida ishtirok etmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Shohasan Mirzamatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing