“Nega oliygohda o‘qigan hamma ishli bo‘lmaydi?” Prezident rektorlarni ogohlantirdi (video)
Jamiyat
−
24 fevral 7617 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvda rektorlarni keskin tanqid qildi.
Prezident ta’lim sifati va bitiruvchilar bandligi masalasiga alohida to‘xtalib, oliygoh rahbarlarini ogohlantirgan.
“Yana bir marta rektorlarni ogohlantiraman. To‘rt-besh yil ishlab, talabani ishli qilmagan rektor lavozimda o‘tirishga haqlimi yo yo‘qmi? Shu savol meni qiynaydi. Nega oliygohda o‘qigan har bir talaba ishli bo‘lmaydi? Nega maktabda 11 yil tahsil olgan o‘quvchi kamida bitta tilni o‘zlashtirmaydi?” dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi