“Neftchi”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport
−
02 yanvar 2021
5722Ilhom Mo‘minjonov Farg‘ona viloyatining “Neftchi” klubiga yangi bosh murrabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Bugun, 2 yanvar kuni Farg‘ona viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov ishtirokidagi tadbirda Ilhom Mo‘minjonov rasman tanishtirilgan.
Ilhom Mo‘minjonovga Pro liga bahslarida ijobiy natijalar qayd etib, Superligaga yo‘llanma olish va "Neftchi" jamoasini avvalgi mavqega olib chiqish vazifasi topshirilgan. Murabbiy bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.
Aytish kerakki, “Neftchi” Superligaga o‘tish o‘yinida “Andijon”ga mag‘lub (1:3) bo‘ldi va Oliy ligadan quruq qoldi. Avvalroq esa katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Pro liganing eng muhim o‘yinida Farg‘ona viloyatining boshqa bir jamoasi, Yaypanning "Turon" klubiga yutqazib, 1-o‘rinni qo‘ldan boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Mo‘minjonov “Navbahor” futbolchilarini o‘yinni sotishga undagani uchun 2019 yilning aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan 50 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan va 5 yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi.
Keyinroq, “Surxon” klubining Etika qo‘mitasiga qilgan murojaatidan so‘ng Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddati 2020 yilning 31 dekabriga qadar qisqartirilgandi.
LiveBarchasi