Neft tankerida portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

Bugun, 2 noyabr kuni Rossiyaning Naxodka shahrida “Amerika ko‘rfazi” tankerida portlash yuz berdi. Natijada 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tankerda 10 kishi bo‘lgan. Portlash oqibatida kemada yong‘in chiqmagan. Tergov qo‘mitasi gaz va havo aralashmasi portlaganini taxmin qilyapti.

Uzoq Sharq transport prokuraturasining ma’lum qilishicha, dengizga neft mahsuloti sizmagan.

“Amerika ko‘rfazi” tankerining egasi hisoblangan “Nayada” kompaniyasi voqea yuz berganda kemada yuk bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' portlash tanker

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing