Neft narxi ko‘tarildi

Olam

image

Bugun, 12 dekabr kuni neft narxi 1 foizga qimmatlashdi. Sababi AQSHni neft bilan ta’minlovchi asosiy quvur yopilgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa G‘arbning eksport narxini cheklashiga javoban ishlab chiqarishni qisqartirish bilan tahdid qildi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar berdi.

Brent nefti fyucherslari 30 sent yoki 0,4 foizga oshib, bugun, 12 dekabr kuni soat 03:00 da bir barreli uchun 76,40 dollarni tashkil qildi. AQSHning West Texas Intermediate (WTI) nefti 51 sentga yoki 0,7 foizga oshib, bir barrel uchun 71,53 dollarga baholandi.

Brent va WTI narxlari o‘tgan haftada pasaygan edi. Oqibatda neft narxi 2021 yilning dekabridan beri eng past darajaga yetdi. Chunki potensial global retsessiya neft talabiga ta’sir qilishi mumkin.

OANDA bozor tahlilchisi Edvard Moya neft narxi oshishda davom etishini bashorat qildi.

“Neft narxi oshadi, chunki Keystone quvur liniyasi yopiqligicha qolmoqda. Xitoyning COVID nazorati osonlashmoqda va Rossiya ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkin”, deydi tahlilchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing