Neft narxi 8 yilda birinchi marta 89 dollardan oshdi

Olam

image

Londonning ICE birjasida 2022 yil marti uchun Brent markali neft fyuchersi shartnomasining narxi 1,73 foizga o‘sdi va bir barrel uchun 89,02 dollarni tashkil etdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, oxirgi marta Brent nefti 2014 yil oktyabr oyida bir barrel uchun 89 dollardan oshgan edi.

Bugun, 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 06:53 ga kelib Brent markali neft narxi bir barrel uchun 88,95 dollarni (+1,65 foizni) tashkil etdi.

WTI fyucherslari esa 1,71 foizga oshib, bir barrel uchun 86,89 dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing