Neft qurol emas – Saudiya vaziri Baydenning aybloviga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Qo‘shma shtatlarda yoqilg‘i narxi Rossiya Federatsiyasi va Saudiya Arabistoni tufayli asta-sekin oshib borayotganini aytgan edi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubeyr AQSHdagi yoqilg‘i narxining oshishiga Podshohlik sababchi ekani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirar ekan neft qurol emasligi va narx-navo oshishida AQSHning ham aybi borligini aytdi. 

“Neft qurol emas. Bu qiruvchi samolyot yoki tank emas. Siz u bilan zarba berolmaysiz. Biz neftga tovar sifatida qaraymiz va neftni jahon iqtisodiyotining muhim qismi sifatida ko‘ramiz. Saudiya Arabistoni AQSHga zarar yetkazish yoki siyosatga aralashish uchun shunday qilyapti, degan fikr mutlaqo yolg‘on. AQSH narxlarining yuqori bo‘lishining sababi, Qo‘shma shtatlarda 20 yildan buyon neftni qayta ishlash taqchilligi bor. Saudiya Arabistoni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaati uchun neft bozorlarida barqarorlikni ta’minlash tarafdori”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, 5 oktyabr kuni OPEC+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar, Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda neft qazib olishni noyabr oyidan boshlab kuniga 2 million barrelga qisqartirishga kelishib oldi, shuningdek, kelishuvni 2023 yil oxirigacha uzaytirdi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda, shuningdek, ishlab chiqarishni qisqartirish to‘g‘risidagi qaror ham jahon iqtisodiyoti, ham neft bozoridagi noaniqliklarni hisobga olgan holda qabul qilingani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing