Necha kishi Prezidentning vakolat muddati uzaytirishlishini so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 90-moddasiga kelib tushgan 4 017 ta takliflarning 3 029 tasi Prezidentning saylanish muddatini 7 yoki undan ko‘p muddatga o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

“Konstitutsiyaning 90-moddasiga kelib tushgan takliflarning 3 ming 29 tasi prezidentning saylanish muddatini 7 yoki undan ko‘p muddatga o‘zgartirish bilan bog‘liq”, deydi Odiljon Tojiyev.

Qayd etilishicha, komissiyaga kelib tushgan jami takliflarni tahlil qilganda, eng ko‘p o‘zgartirish taklif qilingan bo‘limlar ikkinchi, uchinchi va beshinchi bo‘limlardir. Birgina beshinchi bo‘limga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha jami 6 ming 302 ta taklif kelib tushgan. “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlangan uchinchi bo‘limga esa 5 ming 717 ta taklif kelib tushgan. 

Shuningdek, Konstitutsiyaning 41-moddasiga kelib tushgan 1 ming 658 ta takliflarning aksariyati “o‘qituvchi va pedagoglarning yuksak maqomini belgilash, uning ishlariga aralashuv cheklanishi”ga doir normani kiritishga oiddir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

772

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing