Nazarboyevning ukasi yana bir mulkidan ayrilishi mumkin 

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev “Baris” avtomobil bozoridan ayrilishi mumkin. Bu haqda mahalliy “Pyatiy region” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qorasoy tuman sudida prokuratura, mahalliy hokimlik va Bolat Nazarboyev o‘rtasida sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Qorasoy viloyati prokuraturasi umumiy maydoni 35 gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalarini sotish bo‘yicha shartnomalarni haqiqiy emas deb topishni talab qilmoqda. Bunga sabab qilib esa bu hudud sug‘oriladigan ekin yerlariga tegishli bo‘lib, Yer kodeksiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlari alohida muhofaza qilinishi keltirilgan. 

Mahalliy OAVda yer uchastkalarini berish qo‘pol qonunbuzarliklar bilan sodir bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Shuning uchun prokurorlar oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas deb topgan va davlat balansiga qaytarishni talab qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yildan 2019 yilgacha 7 ta yer oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Davlat yerlari turli vaqtlarda Qorasoy tumani hokimligi, Qaskelen shahri va tuman yer munosabatlari bo‘limi tomonidan berilgan. 

2022 yilning yozida Nazarboyevlar Olmaotadagi yirik ulgurji bozorni davlatga qaytarmoqchi ekanliklari xabar qilingan. 2023 yil fevralida Bolat Nazarboyevning kompaniyalariga tegishli Mang‘istau viloyatidagi 239 ming gektar va Jambil viloyatidagi 60 ming gektar yer davlatga qaytarilgani ma’lum bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bolat Nazarboyev Olmaota og‘ir mashinasozlik zavodidagi aksiyalarini davlatga qaytarishga majbur bo‘lgan edi. Bunga Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev Bolat Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing