Nazarboyevning nabirasi o‘limiga narkotik sabab bo‘lgani tasdiqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton o‘tgan yozda Buyuk Britaniya poytaxtida vafot etgandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘lim giyohvand moddalarga ruju qo‘yish oqibatida tabiiy holda yuz bergan. Londonlik izquvar-ekspert Fiona Uilkoksning ushbu xulosasi to‘g‘risida Buyuk Britaniyada yashovchi Nazarboyevlar oilasi vakillari matbuotga xabar bergan.

Qayd etilishicha, guvohlar, politsiya va psixiatrning ko‘rsatmalariga asoslanib, huquqni muhofaza qilish idoralari bir necha yil davomida giyohvandlik bilan kurashgan 29 yoshli Oysultonning o‘limiga giyohvand moddalar sabab bo‘lganiga shubha yo‘qligini ta’kidlagan.

“Biz sevikli Oysultonimizdan judo bo‘lganimizdan qattiq qayg‘uga botdik. Uning o‘limi xayolimizga ham kelmaydigan qayg‘uga aylandi, biz undan hech qachon qutulolmaymiz. Shunday og‘ir paytda qo‘llab-quvvatlagan barchaga hamda munosib surishtiruv o‘tkazgani uchun tergovchiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz bunday qiyin paytda maxfiylikni iltimos qilgan bo‘lar edik“, deydi Nazraboyevlar oilasi.

2019 yil oktyabrda Londondagi Sautvork Qirollik sudi Oysultonni birovning xususiy hududiga noqonuniy kirgani va politsiya zobiti bilan janjallashgani uchun bir yillik sinov muddatiga hukm qilgandi. Hukm 18 oylik sinov muddati va giyohvandlikdan davolanishni o‘z ichiga olgan.

2020 yil fevral oyida Oysulton Facebook’dagi akkauntida o‘zining xavfsizligidan havotirlanib, Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘ragandi. U Qozog‘iston rasmiylarini korrupsiyada ayblab, oila a’zolari tomonidan bosim o‘tkazilganligi haqida xabar bergan.

2020 yil avgust oyida Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a o‘g‘lining vafot etganini e’lon qildi. Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari yurak xurujini o‘limga sabab bo‘lgan deb taxmin qilgandi.

O‘z o‘rnida Qozog‘istonda Oysulton o‘z xabarlari bilan sobiq Davlat rahbarini obro‘sizlantirishga urinayotgani qayd etildi. O‘sha paytdagi Axborot va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Dauren Abayevning ta’kidlashicha, Oysultonning xabarlari uning giyohvandlikdan davolanayotganidan foydalangan ba’zi odamlar ta’siri ostida yozilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing